← Barcha yangiliklar

Tashkent Metropolitan University va University of Missouri anglashuv memorandumini imzoladilar

Muallif TMU PR Unit
Tashkent Metropolitan University Signs Memorandum of Understanding with the University of Missouri

Tashkent Metropolitan University (TMU) va University of Missouri (MU, AQSh) anglashuv memorandumini (MoU) imzoladilar. Bu qadam TMUning xalqaro akademik hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi.

Memorandum Toshkent shahrida University of Missouri xalqaro dasturlar bo‘yicha prorektori doktor Meri Stigmayer hamda Tashkent Metropolitan University rektori Behzod Jalilov tomonidan imzolandi.

Hujjat ikki universitetning innovatsiyalar, ilmiy tadqiqotlar va akademik almashinuv sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha umumiy intilishini ifodalaydi.

Memorandumga muvofiq, TMU va MU quyidagi asosiy yo‘nalishlarda hamkorlik qiladi:

Professor-o‘qituvchilar almashinuvi va ilmiy hamkorlik:
Tomonlar qo‘shma o‘quv kurslari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilar almashinuviga ko‘maklashadilar. O‘qituvchilar tashqi tadqiqot grantlariga qo‘shma arizalar tayyorlaydilar.

Talabalarning akademik mobilligi:
Kelishuvga ko‘ra, iqtidorli talabalar sherik universitetlarning akademik dasturlarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Qatnashchilar qabul qoidalari, o‘qish to‘lovi va qabul qiluvchi universitet tomonidan belgilangan boshqa talablarga rioya etishlari kerak bo‘ladi.

Intellektual mulk va ilmiy natijalar:
Tomonlar qo‘shma ilmiy tadqiqotlar loyihalarini amalga oshirish va ularning natijalariga oid intellektual mulk huquqlarini taqsimlash tartibini belgilaydigan alohida kelishuvlar tuzadilar. Patentlar, mualliflik huquqlari va boshqa intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan egalik huquqi har bir tomonning hissasiga qarab aniqlanadi.

“University of Missouri bilan hamkorlik TMUning xalqaro hamkorlik va akademik ustunlikni rivojlantirish strategiyasida muhim bosqich hisoblanadi”, — dedi TMU rektori Behzod Jalilov. — “Biz ushbu hamkorlik orqali talabalar va o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratilishi, shuningdek, qo‘shma ilmiy tashabbuslarni amalga oshirish uchun mustahkam asos yaratilishiga ishonamiz”.

Mazkur hujjat TMUning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganini va universitetning sifatli ta’lim hamda ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida yetakchi jahon universitetlari bilan aloqalarni mustahkamlashga intilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.