← Barcha yangiliklar

Tashkent Metropolitan University 2025-2026 o‘quv yili uchun qabul boshladi

Muallif TMU PR Unit
TMU Admission

Tashkent Metropolitan University (TMU) 2025-2026 o‘quv yili uchun rasman qabul kampaniyasini boshladi. Mahalliy va xalqaro talabalar uchun arizalar qabul qilish 2025 yilning 20 yanvar kuni boshlandi va 2025 yilning 22 avgustigacha davom etadi.

TMU talabalarga muhandislik, biznes, huquq va gumanitar fanlar bo‘yicha ingliz tilida o‘qitiladigan bakalavriat dasturlarini taklif etadi. Talabalar grantlar va chegirmalar olish imkoniyatiga egalar.

Muhim qabul sanalari

Arizalarni onlayn topshirish: 2025 yil 20 yanvar (soat 10:00) – 2025 yil 22 avgust (soat 17:00)

Kirish imtihonlari: to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ariza topshirilganidan so‘ng imtihonlar o‘tkaziladi; grant uchun imtihon 2025 yil 7 iyulda bo‘lib o‘tadi

Natijalar e’lon qilinishi: kirish imtihoni tugagan kuni natijalar elektron pochta orqali yuboriladi

Abiturinetlar arizani Telegram-bot orqali (https://t.me/tmunibot) topshirishlari mumkin. Arizaga pasport, maktab yoki litsey-kollej attestati hamda ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (IELTS, TOEFL yoki shunga tenglashtirilgan) ilova qilinishi shart.

Taklif etilayotgan dasturlar

TMU quyidagi yo‘nalishlarda to‘rt yillik kunduzgi bakalavriat dasturlarini taklif etadi:

Muhandislik maktabi: Kompyuter injiniringi

Biznes maktabi: Buxgalteriya hisobi va moliya, Menejment, Marketing, Xalqaro biznes, Iqtisodiyot

Huquq maktabi: Yurisprudensiya

San’at va gumanitar fanlar maktabi: Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim

Birinchi kursda talabalar Foundation dasturida o‘qidilar, ikkinchi bosqichdan so‘ng talabalar tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislik fanlariga o‘tishadi.

Grantlar va chegirmalar

TMU a’lo darajadagi talabalar uchun qator grantlar taklif etadi:

  1. Merit Scholarships grantlari

Kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha eng yaxshi 42 nafar talabaga bir semestr uchun kontrakt to‘lovining to‘liq yoki qisman qoplanishini ta’minlovchi grant beriladi:

1-2-o‘rin: 100%

3-4-o‘rin: 75%

5-7-o‘rin: 50%

8-22-o‘rin: 20%

23-42-o‘rin: 10%

Batafsil ma’lumot uchun Merit Scholarships sahifasiga murojaat qiling.

  1. Ingliz tili bilimi uchun chegirma

Talabgorlar IELTS, TOEFL yoki Duolingo natijalariga qarab 100%gacha chegirma olishlari mumkin:

25% chegirma – IELTS 5.0, TOEFL 41-58, Duolingo 80-90, CEFR 50-54

50% chegirma – IELTS 5.5, TOEFL 59-69, Duolingo 95-100, CEFR 55-57

75% chegirma – IELTS 6.0, TOEFL 70-86, Duolingo 105-115, CEFR 58-61

100% chegirma – IELTS 6.5-9, TOEFL 87-120, Duolingo 120-160, CEFR 62-75

Bu chegirmalar faqat birinchi semestr uchun amal qiladi. Ikkinchi semestrdan boshlab talabalar English Proficiency Excellence Scholarships uchun raqobatlashishlari mumkin.

  1. Academic Excellence Scholarships grantlari

Ikkinchi semestrdan boshlab har bir yo‘nalishda eng yaxshi natija ko‘rsatgan talabalarga Academic Excellence Scholarships grantlari beriladi.

Batafsil ma’lumot uchun Academic Excellence Scholarships sahifasiga murojaat qiling.

  1. Special Talent Scholarships grantlari

Xalqaro matematika, kompyuter fanlari, informatika va boshqa tanlovlar g‘oliblari hamda SAT 1400+ ball va IELTS 7.5 yoki undan yuqori ballga ega bo‘lgan talabalar uchun to‘liq moliyalashtiriladigan grantlar mavjud.

Batafsil ma’lumot uchun Special Talent Scholarships sahifasiga murojaat qiling.

  1. Xalqaro bakalavr (International Baccalaureate, IB) diplomiga ega talabalar uchun grantlar

International Baccalaureate (IB) diplomiga ega bo‘lgan talabalar birinchi semestr uchun 50% chegirma olishlari va ikkinchi semestrdan boshlab boshqa grantlar uchun raqobatlashishlari mumkin.

Kontrakt miqdori va to‘lov shartlari

Mahalliy talabalar uchun kontrakt to‘lovi bir semestrga 10 million so‘mni tashkil etadi.

Xalqaro talabalar uchun to‘lov bir semestrga 1 000 AQSH dollari.

Talabalar uchun kontrakt to‘lovini qismlarga bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud.

Batafsil ma’lumot uchun Tuition Fees sahifasiga murojaat qiling.

Qabul talablari

Ariza topshirish uchun talabgorlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

Maktab, litsey yoki kollejni tamomlaganlik to‘g‘risida attestat yoki 11-sinf o‘quvchilari uchun o‘qishni tugatish haqida rasmiy ma’lumotnoma taqdim etish

Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (IELTS, TOEFL, Duolingo yoki CEFR) taqdim etish

Pasport nusxasi va so‘nggi uch oyda tushgan elektron rasm (3,5 × 4,5 sm) taqdim etish

Arizani 2025 yil 22 avgustigacha onlayn tarzda to‘ldirish

TMU qabul jarayoni haqida to‘liq ma’lumot universitet veb-saytida mavjud.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun

Veb-sayt:www.tmuni.orgTelefon: +998 71 200 01 23Elektron pochta: info@tmuni.orgIsh vaqti: dushanba – juma, 10:00 – 17:00.