← Barcha yangiliklar

Tashkent Metropolitan University 2025 yilgi Times Higher Education World University Rankings’ga “hisobotchi” sifatida kiritildi

Muallif TMU PR Unit
THE Jahon universitetlar reytingi

Tashkent Metropolitan University (TMU) Times Higher Education World University Rankings’ning 2025 yilgi nufuzli ro‘yxatiga “hisobotchi” maqomi bilan kiritildi.

Garchi TMU o‘z faoliyatini yaqinda boshlagan bo‘lsa ham, universitetning bu global tan olingan reytingda qatnashishi uning ta’lim sifatini yuqori ushashini ko‘rsatadi.

Times Higher Education o‘zining World University Rankings reytingini 9-oktyabrda e’lon qildi va unda TMU “hisobotchi” sifatida qayd etildi.

Bu maqom universitet tomonidan baholash uchun ma’lumotlarni taqdim etganini, lekin hali to‘liq reytingga kirish mezonlariga javob bermasligini anglatadi. Bu TMUning shaffoflik va sifatga intilishini namoyon etadi va uning xalqaro ta’lim maydoniga qadam qo‘yishini belgilaydi.

Tashkent Metropolitan University o‘z faoliyatini 2024/2025 o‘quv yilida boshladai va u o‘z oldiga innovatsion ta’lim va tadqiqot uchun kerakli sharoitlar yaratishni maqsad qilgan. Universitetning reyting jarayonida bu qadar erta ishtirok etishi uning xalqaro sahnada o‘sish va o‘zini namoyon qilishga bo‘lgan intilishini aks ettiradi.

Times Higher Education World University Rankings dunyoning eng nufuzli universitetlarning reyting tizimlaridan biri bo‘lib, 13 ta qat’iy ko‘rsatkichlar asosida oliygohlarni baholaydi. Ular orasida innovatsiya, xalqaro xilma-xillik, o‘quv muhiti va tadqiqot ta’siri kabi mezonlar bor. Reytinglar universitet faoliyati uchun global standart hisoblanadi.

TMUning ushbu reytingda “hisobotchi” sifatida qayd etilishi uning xalqaro akademik hamjamiyatda to‘liq tan olinish va kelgusidagi muvaffaqiyatlariga yo‘l ochib beradi.