Tashkent Metropolitan University Counter-Strike bo'yicha talabalar turnirini o'tkazdi
Muallif TMU PR Unit
Tashkent Metropolitan University afsonaviy taktik o'yin Counter-Strike bo'yicha ichki kibersport turnirini o'tkazdi.
Musobaqaga to'rtta talabalar jamoasi — har birida beshtadan o'yinchi bo'lgan yigirma ishtirokchi — qatnashdi va ular yuqori darajadagi jamoa o'yini, strategik tafakkur hamda sport ruhini namoyish etdi.
Turnir yakunlariga ko'ra, GoyGoy Time jamoasi universitet chempioni unvonini qo'lga kiritdi. Kumush medallar "07" jamoasiga nasib etdi. Ozod's Team bronza sovriniga sazovor bo'ldi. Rush "B" jamoasi esa to'rtinchi o'rinni egalladi.
Shuni ta'kidlash joizki, bunday tadbirlar talabalar orasida jamoa ishlash ko'nikmalari, raqamli savodxonlik va sog'lom raqobat muhitini rivojlantirishga muhim hissa qo'shadi.