TMUda Missuri universiteti taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Tashkent Metropolitan University (TMU) da Missuri universiteti (University of Missouri, MU, AQSh) va uning akademik dasturlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Prezentatsiyani Missouri universitetining xalqaro dasturlar bo‘yicha prorektori, doktor Meri Stigmayer TMU talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun o‘tkazdi.
1839-yili asos solingan Missuri universiteti davlat ilmiy-tadqiqot universiteti bo‘lib, Missuri shtatidagi eng yirik va Missuri universitetlar tizimining bosh kampusi hisoblanadi.
MU Missisipi daryosi g‘arbida tashkil etilgan birinchi davlat universiteti bo‘lib, hozirda o‘n uchta akademik bo‘limda 300 dan ortiq ta’lim dasturlarini taklif etadi.
Universitetning ikki nafar bitiruvchisi va xodimi Nobel mukofoti sohibi bo‘lgan: Frederik Chapman Robbins 1954-yili tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan, Jorj Smit esa 2018-yili universitetda faoliyat yuritgan davrida kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.
Uchrashuv davomida doktor Stigmayer universitet imkoniyatlari, ta’lim dasturlari, jumladan qisqa muddatli madaniy dasturlar haqida ma’lumot berdi va TMU talabalarining savollariga javob qaytardi.