← Barcha yangiliklar

Tashkent Metropolitan University O‘zbekistonda birinchi bo‘lib IB diplomini tan oldi va maxsus stipendiyalarni taklif etmoqda

Muallif TMU PR Unit
Talaba kitob bilan

Tashkent Metropolitan University (TMU) International Baccalaureate (IB) diplomalarini tan oladigan maxsus IB universitetlari ba’zasiga qo‘shildi.

Ushbu muhim voqea TMUning akademik mukammallikka va ta’limning global standartlariga sodiqligini ta’kidlaydi.

O‘zbekistonda IB diplomini rasman tan olgan va IB diplomiga ega bo‘lgan talabalarga stipendiya taqdim etgan birinchi muassasa sifatida Tashkent Metropolitan University mamlakatdagi boshqa ta’lim muassasalari uchun namuna sifatida xizmat qiladi. IB diplomining tan olinishi TMUning xalqaro standartlarga javob beradigan xilma-xil va inklyuziv akademik muhitni rivojlantirishga sodiqligidan dalolat beradi.

International Baccalaureate diplomi dasturi (IBDP) qat’iy akademik va shaxsiy standartlari bilan mashhur bo‘lib, u xalqaro miqyosda tan olingan ta’lim dasturidir. IBDP yuqori darajadagi bilimga ega bo’lgan talabalarni – jismoniy, intellektual, hissiy va axloqiy jihatdan rivojlangan talabalarni rivojlantirishga intiladi.

IB diplomining tan olinishining muhimligi:

Global raqobatbardoshlik. IB diplomini tan olish orqali TMU butun dunyodan eng yaxshi talabalarni jalb qilish imkoniyatini oshiradi va shu bilan universitetning xalqaro obro’sini oshiradi hamda yanada xilma-xil talabalarni universitetga jalb qilishga hissa qo’shadi.

Akademik mukammallik. IB diplomi akademik qat’iylik va sifatning sinonimidir. IBDPni tamomlagan talabalar oliy ta’lim muammolariga yaxshi tayyorgarlik ko’rishadi va bu TMU yuqori akademik standartni saqlab qolishini ta’minlaydi.

Talabalarning rivojlanishi. IBDP tanqidiy fikrlash, madaniyatlararo tushunish va boshqalarni hurmat qilishni ta’kidlaydi, bu TMUning jamiyatga ijobiy hissa qo’sha oladigan har tomonlama barkamol shaxslarni rivojlantirish missiyasiga mos keladi.

TMU rektori Behzod Jalilov bu boradi shuni ta’kidladiki: “Biz O‘zbekistonda IB diplomini rasmiy tan olgan birinchi universitet ekanligimizdan faxrlanamiz. Ushbu qaror bizning talabalarimizni globallashgan dunyoda muvaffaqiyatga tayyorlaydigan ta’limni taqdim etish haqidagi qarashimizga mos keladi. Ishonamizki, IB bitiruvchilarini jalb qilish bizning akademik hamjamiyatimizni boyitadi va barcha talabalarni o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga ilhomlantiradi”.

TMU IB Diplom talabalari uchun imtiyozlar taklif qiladi. IB diplomiga ega bitiruvchilar Tashkent Metropolitan Universityga imtihonsiz qabul qilinadi va birinchi semestr uchun 50% stipendiya oladi.

Ayni paytda Tashkent Metropolitan Schoolda International Baccalaureate dasturini joriy etish ustida ish olib borilmoqda. Maktab IB maqomini olgandan so’ng, bitiruvchilar dunyoning yetakchi universitetlariga kirishlari mumkin bo’ladi.

Ta’kidlash joizki, Tashkent Metropolitan School, Tashkent Metropolitan University (TMU) bilan hamkorlikda Pre-Foundation High-level Courses (PHL) innovatsion tayyorgarlik kurslarini taklif etadi. Ushbu noyob ikki yillik tayyorgarlik dasturi 10-sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan va 2 yil davom etadi.

PHL dasturi talabalarga maktab o‘quv dasturini TMUning maxsus tayanch kurslari bilan integratsiyalash imkonini beradi, PHL ga qabul qilingan talabalar 2 yil davomida TMS da o’qishlarini davom ettirishadi. TMS da o’qish bilan birga ular PHL dasturini ham tamomlashadi. Bu esa ularga Foundation kurslarini maktab darslari bilan parallel o’qish imkoniyatini va tamomlagacha 2-kursga kirish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu hamkorlikdagi tashabbus talabalarni zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar bilan jihozlashga qaratilgan.