← Barcha yangiliklar

TMU va MDIS Tashkent talabalarning akademik imkoniyatlari va mobilligini kengaytirish uchun hamkorlik shartnomasini imzolashdi

Muallif TMU PR Unit
TMU and MDIS

Tashkent Metropolitan University (TMU) va Management Development Institute of Singapore v Tashkente (MDIS Tashkent) akademik va madaniy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan shartnomani imzolashdi.

Ushbu hamkorlik ikki ta’lim muassasasi talabalari va o‘qituvchilari uchun qo‘shma tadqiqotlar, konferensiyalar va o‘quv dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlarini ochadi, shuningdek talabalar mobilligini rag‘batlantiradi.

Shartnoma TMU rektori Behzod Jalilov va MDIS Tashkent rektori doktor Ilhom Mamadqulov tomonidan imzolandi. Hujjat moliya, boshqaruv, axborot texnologiyalari va huquq kabi yo‘nalishlarda qo‘shma tadqiqotlar, talabalar almashinuv dasturlari va qisqa muddatli kurslar bo‘yicha hamkorlikning keng asoslarini belgilaydi.

Shartnomaning muhim elementlaridan biri talabalar mobilligi imkoniyati bo‘lib, bu ikki universitet talabalariga bir yilgacha bir-birining dasturlarida qatnashish imkoniyatini beradi. Almashinuv dasturi har bir ta’lim muassasasining mavjud resurslariga asoslanadi va o‘zarolik prinsipiga bog‘liq bo‘lmaydi.

TMU Foundation dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga MDIS Tashkentda ikkinchi bosqichga o‘qishlarigi ko‘chirishga imkoniyat ham taqdim etiladi.

Ikki tashkilot dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun akademik kreditlarni tan olishadi. Har bir talabaning almashinuv dasturi uchun belgilangan shartlar akademik xodimlar bilan oldindan kelishib olinadi, bu talabalarning kurs va kreditlari diplom talablariga mos kelishi uchun amalga oshiriladi.

Potensial talabalarga o‘qishga qabul qilish talablari bo‘yicha dolzarb ma’lumot olish uchun universitetlarning qabul komissiyasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish tavsiya etiladi, chunki bu talablar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin.

Bundan tashqari, shartnoma qo‘shma tadqiqot tashabbuslari, konferensiyalar va seminarlarda ishtirok etish, shuningdek, talabalar uchun yozgi kurslar tashkil etishni o‘z ichiga oladi. Har ikki universitet talabalar, o‘qituvchilar va keng akademik jamoatchilik uchun foydali bo‘lgan qo‘shma muhit yaratishga intiladi.

TMU rektori Behzod Jalilov mazkur hamkorlikning ahamiyatini ta’kidlab, shunday dedi: «Biz MDIS Tashkent bilan hamkorlik qilishdan xursandmiz, chunki ushbu shartnoma talabalarimiz uchun ta’lim imkoniyatlarini kengaytiradi va akademik almashinuv hamda tadqiqotlar uchun yangi yo‘llar ochadi».