Tashkent Metropolitan University talabalari “Zakovat” turnirida g‘olib bo‘lishdi
23 oktyabr kuni Tashkent Metropolitan University talabalari Akita University jamoalari bilan bo‘lib o‘tgan qiziqarli intellektual turnirda ishtirok etishdi!
“Zakovat” formatidagi musobaqada Akita Universitydan 4 ta, Tashkent Metropolitan Universitydan esa 3 ta jamoa qatnashdi. Ushbu o‘yin talabalar uchun bilim, mantiqiy fikrlash va jamoaviy hamkorlikni namoyon etish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘zlarining topqirligi, ijodkorligi va yuqori tayyorgarlik darajasini ko‘rsatishdi.
Quvonch bilan ma’lum qilamizki, Tashkent Metropolitan University jamoasi munosib g‘alabani qo‘lga kiritdi! Bu natija yana bir bor talabalarning intellektual salohiyati va jamoada samarali ishlash qobiliyatini tasdiqlaydi.
“Zakovat” intellektual o‘yini nafaqat qiziqarli, balki talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, do‘stona va motivatsion muhit yaratish, shuningdek, jamoaviy ish va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
G‘oliblarni chin dildan tabriklaymiz va barcha ishtirokchilarga faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiramiz!