Tashkent Metropolitan University endi rasmiy ravishda SAT natijalarini qabul qiladi!
Muallif TMU PR Unit
Tashkent Metropolitan University xalqaro SAT imtihoni natijalarini rasmiy qabul qiluvchi muassasa sifatida ro‘yxatga olinganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.
Universitet kodi: 97759
Endi College Board platformasi orqali SAT ballaringizni bevosita universitetga jo‘natishingiz mumkin.
Agar siz SAT topshirgan bo‘lsangiz va TMUda o‘qishni istasangiz — natijalarni jo‘natishda 97759 kodimizni kiriting.
Xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kashf eting va Toshkent markazida joylashgan global talaba jamoamizga qo‘shiling!
Batafsil ma’lumot uchun biz bilan bog‘laning. Muvaffaqiyat sari ilk qadamni TMU bilan qo‘ying!