← Barcha yangiliklar

Tashkent Metropolitan University ANABIN ma’lumotlar bazasiga kiritildi

Muallif TMU PR Unit
ANABIN

2024-yilda o‘z faoliyatini boshlagan Tashkent Metropolitan University ANABIN ma’lumotlar bazasida -H maqomini oldi.

ANABIN — Germaniya federal yerlarining Ta’lim va madaniy masalalar bo‘yicha vazirlari doimiy konferensiyasi (KMK) tomonidan 1997-yildan buyon ishlab chiqilayotgan ma’lumotlar bazasi bo‘lib, xorijiy ta’lim to‘g‘risidagi sertifikatlarning tan olinishi haqida ma’lumot beradi. Mazkur ma’lumotlarni yig‘ish va boshqarish bilan Bonn shahridagi Xorijiy ta’lim bo‘yicha markaziy boshqarma (ZAB) shug‘ullanadi.

ANABIN xorijiy ta’lim malakalarining tasnifi bo‘yicha keng qamrovli ma’lumotlarni taqdim etadi. Portal davlat idoralari, ish beruvchilar va jismoniy shaxslarga xorijiy diplom va sertifikatlarni Germaniya ta’lim tizimi doirasida to‘g‘ri baholash va tasniflashga ko‘mak beradi.

TMU rektori Behzod Jalilov shunday dedi: «ANABIN bazasida -H maqomini qo‘lga kiritish — Germaniyada ta’lim dasturlarimizning rasmiy tan olinishi yo‘lidagi birinchi qadamdir. Endilikda biz ushbu bazada yuqoriroq maqomga erishishga va universitetimizning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlashga qaratilgan ishlarni davom ettiramiz».