← Barcha yangiliklar

Tashkent Metropolitan University 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul kampaniyasini e’lon qiladi

Muallif TMU PR Unit
TMU Admission

Tashkent Metropolitan University (TMU) 2026–2027 o‘quv yili uchun rasman qabul boshlanganini ma’lum qiladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va xalqaro abituriyentlar uchun arizalar qabul qilish allaqachon boshlangan va 2026-yilning 21-avgustigacha davom etadi.

TMU xalqaro akademik standartlar va global mehnat bozori talablariga javob beradigan zamonaviy bakalavriat dasturlarini taklif etadi. Ta’lim to‘liq ingliz tilida olib boriladi, iqtidorli abituriyentlar uchun esa grantlar va chegirmalar tizimi joriy etilgan.

Muhim qabul sanalari:

  • Arizalarni onlayn topshirish: 2026-yil 2-fevraldan – 2026-yil 21-avgust (soat 17:00)gacha;
  • Kirish imtihonlari: To‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ariza topshirilganidan so‘ng darhol o‘tkaziladi;
  • Natijalar e’lon qilinishi: Imtihon topshirilgan kundan boshlab 24 soat ichida elektron pochta orqali yuboriladi.

Abituriyentlar hujjatlarini onlayn tarzda Telegram-bot orqali topshirishlari mumkin: https://t.me/tmuqabulbot.

Arizaga pasport nusxasi, ma’lumoti haqidagi hujjat va ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatning skan-nusxalari ilova qilinishi lozim.

Taklif etilayotgan yo‘nalishlar

TMU quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘rt yillik kunduzgi bakalavriat dasturlarini taklif etadi:

  • Muhandislik fakulteti: Kompyuter fanlari (Computer Science)
  • Biznes maktabi: Buxgalteriya hisobi va moliya, Menejment, Marketing, Xalqaro biznes, Iqtisodiyot
  • Huquq fakulteti: Yurisprudensiya
  • San’at va gumanitar fanlar fakulteti: Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim

Birinchi kursda talabalar Foundation dasturida tahsil oladilar. Ikkinchi kursdan boshlab esa tanlangan mutaxassislik bo‘yicha chuqurlashtirilgan o‘quv jarayoni boshlanadi.

Agar fakultetga qabul qilingan talabalar soni qabul kvotasining 60% dan oshmasa, ushbu dastur ochilmaydi.

Grantlar va chegirmalar

TMU intiluvchan va yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega talabalarni qo‘llab-quvvatlaydi:

Merit Scholarships

Kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra eng yaxshi 42 nafar abituriyentga birinchi semestr uchun kontrakt to‘lovining 100% gacha qoplanishini ta’minlovchi grantlar beriladi:

  • 1–2-o‘rinlar: 100%
  • 3–4-o‘rinlar: 75%
  • 5–7-o‘rinlar: 50%
  • 8–22-o‘rinlar: 20%
  • 23–42-o‘rinlar: 10%

English Proficiency Discount

Ingliz tili sertifikati darajasiga qarab beriladigan chegirmalar (faqat birinchi semestr uchun):

  • 25% chegirma – IELTS 5.0 | TOEFL 41–58 | Duolingo 80–90 | CEFR 50–54
  • 50% chegirma – IELTS 5.5 | TOEFL 59–69 | Duolingo 95–100 | CEFR 55–57
  • 75% chegirma – IELTS 6.0 | TOEFL 70–86 | Duolingo 105–115 | CEFR 58–61
  • 100% chegirma – IELTS 6.5–9.0 | TOEFL 87–120 | Duolingo 120–160 | CEFR 62–75

Ikkinchi semestrdan boshlab talabalar English Proficiency Excellence Scholarship uchun kurashishlari mumkin.

TMU Excellence Scholarships

Quyidagi ko‘rsatkichlarga ega abituriyentlarga to‘liq grantlar taqdim etiladi:

  • Xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;
  • SAT 1400+ ball sohiblari;
  • IELTS 7.5 va undan yuqori ballga ega bo‘lganlar.

IB diplomiga ega bitiruvchilar uchun

Xalqaro bakalavr (International Baccalaureate) diplomiga ega talabalar birinchi semestr uchun 50% chegirma oladilar.

Kontrakt miqdori va qabul talablari

  • Mahalliy talabalar uchun: bir semestrga 10 mln so‘mdan 17,5 mln so‘mgacha.
  • Xalqaro talabalar uchun: bir semestrga 1 000 AQSH dollaridan boshlanadi.
  • To‘lovlarni qismlarga bo‘lib to‘lash (muddatli to‘lov) imkoniyati mavjud.

Abituriyentlarga qo‘yiladigan talablar:

  1. O‘rta ma’lumot haqida hujjat (attestat yoki diplom) yoki 11-sinf bitiruvchilari uchun ma’lumotnoma.
  2. Amaldagi ingliz tili sertifikati (IELTS, TOEFL, Duolingo yoki CEFR).
  3. Pasport nusxasi va elektron fotosurat (3,5 × 4,5 sm).
  4. Onlayn arizani 2026-yil 21-avgustgacha yakunlash.

Bog‘lanish uchun:

Tashkent Metropolitan University intiluvchan yoshlarni o‘zining xalqaro akademik hamjamiyatiga chorlaydi!

Ariza topshirish: https://t.me/tmuqabulbot
Veb-sayt: www.tmuni.org
Telefon: +998 71 200 01 23

Ish vaqti: Dushanba – Juma, 10:00 – 17:00