Kelajakka taklif: Tashkent Metropolitan University da ta’lim imkoniyatlari
Tashkent Metropolitan University (TMU) o‘rta maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari uchun universitet hayotiga tayyorlanish va muvaffaqiyatli karera qurish uchun noyob imkoniyatlar taqdim etadi. Universitet yoshlarga tayyorlov kurslari va TMU’s Part-Time Student Program (PSP) dasturini taklif etadi. Bu dasturlar Sizga yorqin kelajakka birinchi qadam qo‘yishda yordam beradi.
9-sinf o‘quvchilari uchun tayyorlov kurslari
9-sinf o‘quvchilariga fizika, matematika va ingliz tili kabi muhim fanlarda bilimlarini mustahkamlash uchun TMU to‘qqiz oylik tayyorlov kurslarini taklif etadi. Bu kurslar kelgusidagi muvaffaqiyatli o‘qish uchun mustahkam poydevor yaratadi.
Fanlar: matematika, ingliz tili, fizika.
Davomiylik: 9 oy.
Format: haftada uch marta, har bir mashg‘ulot 1,5 soat.
Ta’lim tili: ingliz tili.
Narx: har bir fan uchun oyiga 600,000 so‘m.
Kurslarga yozilish uchun hujjatlarni taqdim etish kerak.
TMU’s Part-Time Student Program (PSP)
10-sinf o‘quvchilari uchun TMU maktabdagi ta’lim bilan universitetga tayyorgarlikni uyg‘unlashtirish imkonini beradigan Pre-Foundation High-level Courses (PHL) dasturini taklif etadi.
PHL dasturi bo‘yicha ta’lim variantlari:
1-variant: O‘quvchi kunning birinchi yarmida o‘z maktabida ta’lim oladi, ikkinchi yarmida esa TMUda Foundation dasturi bo‘yicha o‘qiydi.
2-variant: O‘quvchi Tashkent Metropolitan School (TMS)ga o‘tadi, u yerda kunning birinchi yarmida maktab dasturi bo‘yicha ta’lim oladi, ikkinchi yarmida esa TMUda o‘qiydi.
PHL dasturining afzalliklari:
Kompleks ta’lim: Turli sohalardagi bilimlarni kengaytirish.
Moslashuvchan jadval: Maktab va universitet mashg‘ulotlarini qulay uyg‘unlashtirish.
Muvaffaqiyatga yo‘l: PHL dasturi bitiruvchilari TMUda bakalavriatning 4-darajasiga o‘tishi mumkin.
PHL dasturini tamomlash uchun talablar:
Barcha majburiy kurslarni tamomlash.
Barcha dastur bo‘yicha o‘rtacha ball 2.0 dan kam bo‘lmasligi.
IELTS sertifikati 6 dan kam bo‘lmagan ball bilan.
PHL bitiruvchilari uchun imkoniyatlar:
Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilar TMUda o‘qishni davom ettirishlari yoki bizning hamkor universitetlarimizdan biriga, masalan, Turin Polytechnic University yoki Webster Universityga kirishlari mumkin.
TMSga 10-sinfga qabul qilish uchun talablar
9-sinfni tamomlagan bo‘lish.
Ingliz tilini o‘rta darajadan past bo‘lmagan darajada egallagan bo‘lish.
Kirish imtihonini muvaffaqiyatli topshirish (ingliz tili va matematika bo‘yicha test).
IELTS 6 yoki undan yuqori sertifikatga ega nomzodlar ingliz tili bo‘yicha testdan ozod qilinadi.
Darhol ariza topshiring!
TMU bilan muvaffaqiyatli kelajakka tayyorgarlik ko‘rish imkonini qo‘ldan boy bermang. Bizning tayyorlov kurslarimiz va PHL dasturimizga qo‘shiling va o‘z orzularingizga birinchi qadamni bugunyoq tashlang!
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://forms.gle/RDsE68cnmrkFvhQh7
Telegram: t.me/tmunibot
Bog‘lanish uchun: +99871 200 01 23