Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi direktori Tashkent Metropolitan University’ga tashrif buyurdi
Maykl Houlgeyt, Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi direktori, Tashkent Metropolitan Universityga tashrif buyurib, talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
2025-yil avgust oyida zbekistondagi faoliyatini boshlagan uchrashuv davomida janob Houlgeyt o‘zining shaxsiy va professional tajribasi bilan o‘rtoqlashdi — Xitoyda ingliz tili o‘qituvchisi sifatida boshlangan faoliyatidan tortib, Britaniya Kengashini O‘zbekistonda boshqarishigacha bo‘lgan yo‘l haqida so‘zlab berdi.
Ma’ruza davomida u talabalarga muvaffaqiyatga erishish bo‘yicha maslahatlar berdi. U qiziqishlar ortidan borishning muhimligini ta’kidladi, chunki insonlar o‘z ishiga ishtiyoq bilan yondashadiganlarga intilishini qayd etdi. U talabalarni o‘zlarini haqiqatan ilhomlantiradigan sohani topish uchun turli yo‘nalishlarni o‘rganishga chaqirdi. Moslashuvchanlik, ishga sadoqat va mehnatsevarlik — muvaffaqiyatning asosiy omillari ekanligini ta’lidladi.
Bundan tashqari, janob Houlgeyt Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi faoliyati haqida umumiy ma’lumot berdi. Mamlakatda 30 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan ushbu britan tashkiloti xalqaro madaniy aloqalar va ta’lim tashabbuslari bilan shug‘ullanadi. U talabalarga tashkilotning O‘zbekistondagi dastur va loyihalarini ham tanishtirdi.
Tadbir savol-javob sessiyasi bilan yakunlandi. Unda janob Houlgeyt talabalar savollariga javob berib, ularning maqsadlari va kelajakdagi kasbiy rejalari haqida suhbatlashdi.